“Andijon” navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
2 may 2016, 10:32
“Nasaf” bilan o'yindan so'ng jamoa a'zolariga ikki kunlik dam berilgandi.

1 may, yakshanba kunidan boshlab yana futbolchilar klub qarorgohida yig'ilib, navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi.

Kecha tushlikdan so'ng “Sog'lom avlod” stadionida mashg'ulot olib borildi. Unda Otabek Valijonov, Javlon Guseynov jaroxati sabab ishtirok eta olmadi.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” oliy liganing navbatdagi turida 8 may kuni o'z maydonida Muborakning “Mashal” jamoasini qabul qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia