Superliga. "Andijon" o'z maydonidagi ilk uchrashuvda "Nasaf"ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2019
Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Andijon" - "Nasaf" 3:1
18 aprel 2019 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 16856 tomoshabin
Hakamlar:
Ravshan Ermatov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Shahzod Ubaydullaev 1, - 1:0. Humoyun Murtozaev 18, - 1:1 (Bobur Davlatov). Ro'zimboy Ahmedov 40, - 2:1 (Dilshod Rahmatullaev). Ro'zimboy Ahmedov 57 penalti, - 3:1.

"Andijon": Vitaliy Mirniy, Bobirjon Amanov, Oybek Qilichev, Farhod Bekmuratov (Asror G'ofurov, 60), Shahzod Ubaydullaev (Farhod Mirahmatov, 46), Abdulloh Olimov, Dilshod Rahmatullaev, Ildar Mamatkazin, Ro'zimboy Ahmedov (Sardor Sulaymonov, 79), Abror Xusinov, Bobirjon Akbarov.
Zaxira: Ruslan Matniyazov, Ibrohim Otaxonov, Doniyor Ismoilov, Radosav Aleksich, Xushnud Avilov, Shahboz Jumaboev.

"Nasaf": Umidjon Ergashev, G'olib G'aybullaev, Azizjon G'aniev (Husniddin Aliqulov, 63), Dilshod Saitov (Oybek Bozorov, 52), Humoyun Murtozaev, Sharof Muhitdiov, Doniyor Narzullaev, Bobur Davlatov, Sardor Abduraimov (Islom Rashidxonov, 77), Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov.
Zaxira: Abduvohid Ne'matov, Alisher Yusupov, Islom Kenjaboev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev.

Ogohlantirishlar: Aziz G'aniev 43, Umidjon Ergashev 54, Vitaliy Mirniy 88, Asror G'ofurov 90+3.



MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH



90+4. O'YIN TUGADI. "Andijon" o'z maydonidagi birinchi o'yinda mavsumdagi birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi

90+3. Ogohlantirish. "Andijon". Asror G'ofurov

90+2. ZARBAAA! Sardor Sulaymonov boshi bilan noaniq yo'lladi

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

88. Ogohlantirish. "Andijon". Vitaliy Mirniy

85. ZARBAAAAAAAAAA! Endi "Nasaf"ning hujumi, Murtozaevning zarbasi himoyachiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi

85. ZARBAAAAAAAAAAAA! Sardor Sulaymonovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegdi

83. GOOOOOOOL!  Humoyun Murtozaev gol urgandi, ammo qanot hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi

79. O'zgarish. "Andijon". Ro'zimboy Ahmedov o'rniga Sardor Sulaymonov tushdi

77. O'zgarish. "Nasaf". Sardor Abduraimov o'rniga Islom Rashidxonov tushdi

70. Bugun "Sog'lom Avlod" stadioniga 16856 tomoshabin keldi

63. O'zgarish. "Nasaf". Azizjon G'aniev o'rniga Husniddin Aliqulov tushdi

60. O'zgarish. "Andijon". Farhod Bekmuratov o'rniga Asror G'ofurov tushdi

57. GOOOOOOOOOOOOOL! Ro'zimboy Ahmedov! 3:1. Hujumchi penaltidan unumli foydalandi 

54. Ogohlantirish. "Nasaf". Umidjon Ergashev


54. Umidjon Ergashev Farhod Bekmuratovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun Ravshan Ermatov penalti belgiladi

54. PENALTI! "Nasaf" darvozasiga

52. O'zgarish. "Nasaf". Dilshod Saitov o'rniga Oybek Bozorov tushdi

46. O'zgarish. "Andijon". Shahzod Ubaydullaev o'rniga Farhod Mirahmatov tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi


45+1. Birinchi bo'lim tugadi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

43. Ogohlantirish. "Nasaf". Aziz G'aniev

40. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ro'zimboy Ahmedov! 2:1. Abdulloh Olimov jarima to'pini amalga oshirdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi, Dilshod Rahmatullaevning oshirgan to'pini Ro'zimboy Ahmedov darvozaga yo'lladi. 


33. ZARBA! Bobur Davlatov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Mirniy to'pni ushlab oldi

26. "Nasaf"ning navbatdagi hujumida Murtozaev o'yindan tashqari holatda qoldi

23. Shaxzod Ubaydullaev darvozabon bilan birga bir chiqdi. Ammo raqib posboni bu safar uni yo'liga g'ov bo'lib vaziyatni gol bo'lmasligiga erishdi



18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Davlatovning uzatgan to'pini Murtozaev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:1. 


14. Stadion bo'ylab jonli to'lqin qilinmoqda

10. Mehmonlarni ilk xavfli xujumi, Xumoyun Murtozaev deyarli birga bir chiqayotgandi. Darvozabon Mirniy chaqqonlik bilan to'pni egallab oldi

7. Mehmonlar ikki marta o'ng qanotdan hujum qilishdi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi

6. "Nasaf" bunday tezkor gol o'tkazishni kutmagandi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari hujumga o'tishni boshlashdi

1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Mezbonlar jarima to'pi tepishdi, Mamatkazinning bosh bilan yo'llagan zarbasini Umid Ergashev qaytardi, qaytgan to'pni Shahzod Ubaydullaev yaqin masofadan darvozaga yo'lladi. 



1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda...

- Sportga, hususan futbolni rivojlantirishga qo'shayotgan  salmoqli mehnatlari uchun viloyat hokimi SH.Abdurahmnov O'zbekiston Milliy Olimpia qo'mitasining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

- Ochilish marosimida mavsumni ochib berishda  viloyat hokimi Shuxratbek Qo'shaqboevich Abdurahmonov hamda O'zbekiston Futbol Federatsiyaci vice-prezidenti Umidjon Axmadjonovlar nutq so'zlamoqda.

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. 


YANGILASH


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia