"Andijon" "Mashal" bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
30 mar 2018
Ma'lumki, 6 aprel kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liga o'yinlari start oladi.

Jumladan, shu kuni Andijon shahridagi Sog'lom avlod stadionida liganing ikki favoriti deya etirof etilayotgan Andijon va Mashal o'zaro to'qnash keladi. Albatta, bu eski tanishlarning yangi to'qnashuvi ko'pchilikni katta hayajon ostida ushlab turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Eldor Sakaev boshqaruvidagi burgutlar chempionatning ilk o'yinida qanday bo'lmasin muxlislarga g'alaba taqdim etishi shart. Buni ayni damda jamoaning har bir a'zosi yaxshi his etib turibdi. Andijonliklar bo'lajak uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rmoqda. Jamoa kecha joriy yil hisobidan ilk bor Sog'lom avlod stadionida mashg'ulot o'tkazdi. Darvoqe, maydonninn xolati kundan-kunga ijobiy tomonga o'zgarib borayotganini aytish lozim.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, asli andijonlik bo'lgan. Ammo bungacha Toshkentning Paxtakor va Navoiyning Qizilqum jamoalarida o'ynab yurgan Begzod G'anijonov bu yil Andijonga taklif etildi. 20 yoshli hujumchidan murabbiylarning umidi katta.

Shuningdek o'tgan mavsum Andijon sharafini himoya qilgan Qahramon Mahamadjonov joriy mavsum boshqa klubga ijaraga beriladigan bo'ldi. Tajribali himoyachiga Farg'onaning Istiqlol jamoasi qiziqish bildirmoqda. Ammo bu o'tish rasman to'liq amalga oshmaganini ham aytib o'tish darkor. Bosh murabbiy uning o'rnini Bunyodkorning iqtidorli o'yinchisi Nodir Mavlonov bilan to'ldirishga qaror qildi. 22 yoshli futbolchi maydon markazida xarakat qora mexnat bilan shug'ullanish bilan birga, standart vaziyatlardan ham ko'pincha unumli foydalana oladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати