“Andijon”: Kim qancha o'ynadi?

Narzulla Saydullayev
10 dek 2015, 16:12
Boshqa jamoalar qatorida “Andijon” futbolchilari ham qishki tatilda xordiq chiqarishmoqda. Qishki tatil bo'lgani bois mavsum yakunlarini sarhisob qilib o'tsak.

Joriy yilgi chempionatni andijonliklar musobaqa jadvalida 13-o'rinda yakunlashdi. Jamoa 30 uchrashuvda 8 marta g'alaba qozonib, 4 bor durang o'ynadi va 18 o'yinda imkoniyatni boy berdi.

Chempionat davomida “Andijon” tarkibida 27 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ularning orasida eng ko'p uchrashuvni Javlon Guseynov o'tkazdi. Bu himoyachi oliy liga bahslarida 29 marta maydonga tushdi. Ana shu bellashuvlarda Guseynov uch bor sariq kartochka oldi. Undan keyingi o'rinlarda Gennadiy Moshnyaga, Davron Tursunov va Abdumalik Abdullaev 28 ta o'yinda to'p surdilar. Ikkinchi davrada tarkibga qo'shilgan tajribali hujumchi Anvar Berdiev jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

U chempionat bahslarida 11 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 bor ishg'ol etdi. Ibrohim Otaxonov esa mavsum mobaynida hakamlar tomonidan eng ko'p jazolangan futbolchi bo'ldi. U 11 ta sariq va bitta qizil kartochkani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Sanjar Asqaraliev esa hakamlar tomonidan 8 bor ogohlantirildi.

Bundan tashqari Farhod Bekmurodov, Tursunboy Xusanov va Farruh Mirzaev bu yil oliy ligada o'z debyutlarini o'tkazishdi. 

FutbolchiAmplua     
Tug'.sanaO'yin      
Daqiqa     
Gol     
SK    
QK    
Guseynov JavlonHim24.06.1991292583030
Moshnyaga GennadiyDar25.04.1985282520010
Tursunov DavronHim28.02.1987282475170
Abdullaev AbdumalikHuj11.05.1989281629240
A'zamov Rustam R.Yahm15.12.1985261761210
Otaxonov IbrohimYahm21.09.19852421153111
Rahmonov AsrorHim21.11.1988201189041
Asqaraliev SanjarYahm20.01.1981191312082
Akramov IqbolYahm10.10.1983181043120
Jumaboev ShukurYahm08.03.198918789130
Rahmonov RasulYahm04.02.1987161062040
Jadigerov AsqarYahm05.01.198016853210
Abduqodirov AbdulatifHuj09.08.198716363100
Vuyovich PredragYahm20.08.1983151337210
Soliev LochinHuj30.03.198315615210
Vasilev Temur*Yahm05.09.1987141260120
Boboxonov Iqbol**Him19.03.1989131170170
Alimov Abdulloh**Yahm11.02.199313964010
Berdiev Anvar**Huj11.05.197811967720
Husanov Tursunboy**Him17.02.198810819030
Ramazonov UmrilloHim18.02.199210710030
Shotursunov Farrux*Huj11.05.19929629010
Qodirov RaximHim25.04.19798644030
Gaffarov Sayriddin*         
Yahm      
29.08.1990      
7344000
Bekmurodov FarhodYahm08.10.19945228110
Isaboev EldorDar24.04.19892180000
Mirzaev FarruxYahm12.02.1990110000

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz