

Ma'lumki, Usmon Toshev shogirdlari 20 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tadigan 21-turda dam oladi. 23 avgustda esa o'z maydonida Farg'onaning Istiqlol jamoasi bilan bellashadi. Shu bois andijonliklar bor e'tiborini ushbu o'yinga qaratishgan.
Futbolchilar ayni paytda mashg'ulotlarga zo'r bermoqdalar. Bo'ston daxasidagi futbol maktabi stadionida olib borilayotgan mashg'ulotlarda o'yinchilar murabbiylarning ko'rsatmalarini to'liq bajarishmoqda. Darvoqe, kechagi mashg'ulotda jamoa to'purari va yetakchisi Anvar Berdiev biroz shamollab qolgani uchun mashg'ulotda qatnasha olmagandi. Bugun esa xujumchi umumiy guruh bilan mashqlarga kirishdi. Aytish kerakki, bugungi mashg'ulot boshlanishidan oldin jamoa ustozi Usmon Toshev barcha o'yinchilarni bir joyga yig'ib ularga tegishli ko'rsatmalarni berdi va mashg'ulotlarda qanday ishlash kerakligini, nimalarga e'tibor qaratish lozimligini yana bir bor tushuntirib o'tdi. Shundan so'ng jamoa a'zolari to'p bilan ishlashga o'tdilar. Futbolchilar o'z ustida astoydil ishlayotganliklari bilinib turibdi. Qolaversa, jamoa a'zolari ko'tarinki ruxda shug'ullanishda davom etmoqdalar.
"Andijon" FK matbuot xizmati.


