
Bo'lajak bahs har ikki jamoa uchun ham oliy ligada qolish taqdirini hal qiladi. Shu bois safardagi o'yinda jamoamiz uchun muxlislik nihoyatda muhimdir. Shu munosabat bilan Andijon ishqibozlar klubi ertaga soat 13:00da Sog'lom avlod stadionida o'zining navbatdan tashqari yig'ilishini o'tkazadi. Unda Obod bilan o'yindan oldin tayyorgarlik va safarga qay tartibda borib-kelish masalalari hal etiladi.
Shu bois ishqibozlar klubiga a'zo bo'lgan muxlislarni ertangi yig'ilishga taklif etib qolamiz.
Andijon FK ishqibozlar klubi.