"Andijon" chernogoriyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2025, 19:54
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

27 yoshli chernogoriyalik himoyachi Miomir Jyurikovich andijonliklar safini to'ldirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.

Oldinroq saytimiz orqali "Andijon" tez orada bo'ydor legioner himoyachi bilan shartnoma imzolashi haqida e'lon qilgandik.

191 santimetr bo'yga ega Jyurichkovich faoliyati davomida "Shole" (Fransiya), "Rudar", "Iskra", "Grbal", "Buduchnost" (barchasi Chernogoriya), "Saraevo" (Bosniya va Gertsegovina) kabi klublarda to'p tepgan.

Futbolchi ikki marta Chernogoriya chempioni bo'lgan va ikki marta Chernogoriya kubogi sohibiga aylangan. Jyurichkovich 2024 yilda "Saraevo" klubining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/andijonpfc