Andersson: "Ibragimovich termaga qaytmoqchi bo'lsa, menga qo'ng'iroq qilsin"

Mirjalol Normatov
5 yanv 2020, 15:13
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich milliy termaga qaytishi mumkin.

Shvetsiya milliy termasi bosh murabbiyi Yann Anderssonning aytishiga ko'ra, u Zlatan bilan bu borada gaplashishga tayyor.

"Milliy termada faoliyatini yakunlagan futbolchilarni qaytarishga tayyorman. Agarda Zlatan termada o'ynashni istasa, menga qo'ng'iroq qilsin. Futbolchini termaga chaqirishdan osoni yo'q", - dedi murabbiy.

Ibragimovich 2016 yilning yozida termadagi faoliyatini yakunlagandi. U milliy jamoa tarkibida 116 o'yinda 62 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fotbollskanalen