Ander Errera: "Yevropa ligasi finaliga chiqdik deyishga erta"

Tolibjon Qosimov
5 may 2017
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Ander Errera Yevropa ligasi yarim final birinchi o'yini doirasida "Selta"ga qarshi kechgan bahs (1:0)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Selta" yaxshi jamoa hisoblanadi. Lekin, biz sifatli o'ynadik va g'alabaga haqli edik. Javob uchrashuvida raqibga hurmat bilan tayyorgarlik ko'ramiz. Hozircha Yevropa ligasi finaliga chiqdik deyishga erta", - dedi Errera.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: beIN Sports