Anchelottining taktikalari Kanda shubha uyg'otmoqda

Aslanov Jasurbek
21 okt 2016, 10:24
"Bavariya" sobiq darvozaboni Oliver Kan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining ishini tahlil qildi.

"Anchelotti doimo 4-3-3 sxemasidan foydalanadi. Shu sababli "Bavariya"ning raqib murabbiyi sifatida ularga qarshi qanday tayyorlanish va o'ynash kerakligini oldindan bilgan bo'lardim. Anchelotti shu tizimga ishonch bildirmoqda. Ammo boshqa uslub ham bor: Murabbiy klubga kelib, futbolchilar uning g'oyalariga qanchalik mos tushishini aniqlashi kerak" - deydi Kan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ZDF