Anchelotti: "U "Oltin to'p"ning bo'lajak egasi"

Mirjalol Normatov
25 okt 2024, 22:41
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining fikriga ko'ra, Vinisius Junior "Oltin to'p"ni oladi.

- Vinisiusning bosh murabbiyi bo'lish nimani anglatadi?

- Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bosh murabbiyi ekanligimni anglatadi. U futbolchi sifatida o'sdi va dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi.

U "Oltin to'p"ning bo'lajak sohibi. Shunday bo'lsa-da unda kamtarlik, tartib-intizom saqlanib turibdi. Bunday holatni birinchi marta ko'rishim, - dedi Anchelotti.

Oldinroq tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, Vinisius 28 oktyabr kuni bo'ladigan "Oltin to'p" marosimida ushbu sovrinni qo'lga kiritishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca