Anchelotti "Real"ning yangi forvardini maqtadi

Sherzod Nurmatov
19 sen 2023, 12:23
Mutaxassis futbolchidan mamnun.

"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Xoseluning o'yiniga yuqori baho berdi.

"Bu yigit oldinda yaxshi o'ynaydi, raqibga doim xavf tug'diradi. U jamoaga foyda keltiradi. Xoselu muhim poziciyada o'ynaydi, bizda boshqa bunday sifatga ega futbolchilar yo'q. Bizga avvalgi mavsumlarda ana shunday futbolchi yetishmayotgandi", – dedi tajribali mutaxassis.

Xoselu yozda ijara asosida "Espanol"dan "Real"ga o'tdi. 33 yoshli hujumchi shu kungacha La Ligada 5 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca