Anchelotti "Real"ga yangi hujumchi sotib olmoqchi emas

Оқил Абдубарноев
7 noya 2022, 00:47
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub yanvar oyida transfer rejalashtirmayotganligini yana bir bor ta'kidladi.

"Qaymoqranglilar" yetakchisi Karim Benzema avvalgi mavsumdagi eng yaxshi formasidan yiroq, chunki u tez-tez sog'lig'i bilan bog'liq muammolardan aziyat chekmoqda, biroq Anchelottiga yangi hujumchi kerak emas.

"Bizning rejalarimiz bo'yicha yanvar oyida transfer bozorida hech qanday bitimlarni o'z ichiga olmaydi". Menimcha, Rodrigoda "to'qqizlik" poziciyasida o'ynash uchun ulkan salohiyat bor. Men uni kelajakda markaziy hujumchi yoki hujumorti futbolchisi sifatida ko'ryapman”, - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano