Anchelotti Ramosni tarixdagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb hisoblaydi

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 12:49
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real" himoyachisi Serxio Ramosni tarixdagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb hisoblaydi.

"Serxio Ramos boshqa himoyachilardan ajralib turadi. Hech qaysi himoyachi Ramosdek ko'p gol urmaydi. Bu borada u eng zo'ri. U himoyada ham yaxshi o'ynaydi. Ramosni eng yaxshilardan biri deb atagan bo'lardim" - deydi Anchelotti.

30 yoshli himoyachi joriy mavsumda "Real"ning 14 ta uchrashuvida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca