Anchelotti qaysi futbolchi “Oltin to'p”ni doim qo'lga kiritish lozimligini aytdi

28 sen 2018, 23:32
“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Yuventus”ga qarshi bahs oldidan sobiq jamoasi “Real”ning sobiq forvardi, ayni paytda turinliklar sharafini himoya qilayotan Ronaldu haqida gapirdi.

“Men Ronaldudan minnatdorman. “Real” bilan YCHLni qo'lga kiritishimizda u o'zining gollari bilan g'alabaga munosib hissa qo'shgandi. U Italiyada to'p tepayotganidan xursandman. Krishtiano har qanday jamoa uchun noyob futbolchi hisoblanadi. Fikrimcha, u har doim “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishga loyiq.

“Yuventus”ga qarshi bahs haqida gapiradagin bo'lsam, TV sharofati bilan bizni raqibdan yashiradigan hech qanaqa sirimiz yo'q. Allegri – tajribali va kuchli murabbiy.

U bilan yaxshi munosabatdaman. Bu bellashuvda kim yaxshiroq o'ynasa, o'sha g'olib chiqadi”, deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com