Anchelotti: "O'tgan mavsumdagidek ish tutamiz"

Tolibjon Qosimov
18 okt 2024, 18:15
Karlo Anchelotti "Real" qishda futbolchi sotib olish niyatida emasligini ma'lum qildi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Anchelottidan jarohat olib mavsum oxirigacha safdan chiqqan Daniel Karvaxal o'rniga himoyachi sotib olinishi ehtimoli haqida so'rashdi.

"Men klubdan tarkibni kuchaytirishni so'ramadim, chunki o'tgan mavsumda biz jarohatlar bilan bog'liq vaziyatdan juda yaxshi chiqib keta oldik. Bu mavsumda ham xuddi shunday bo'ladi", - dedi Karlo Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-espana.net