Anchelotti – "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga nomzod

Sherzod Nurmatov
3 mar 2022, 20:16
"Manchester Yunayted" jamoasi Ralf Rangnik o'rniga bir nechta nomzodni ko'rib chiqmoqda.

Ularning orasiga "Real Madrid" klubining bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham qo'shildi. Klub rahbariyatida italiyalik murabbiyni klubga taklif qilish fikri paydo bo'ldi. 

Manchesterliklar uchun eng birinchi variant Maurisio Pochettino hisoblanadi, lekin argentinalik murabbiy "qizil iblislar" bilan kelisha olmasa, Anchelotti bilan bog'lanib ko'rishni reja qilishgan. 

Shuningdek, MYU murabbiyligi uchun Diego Simeone, Erik ten Xag va Brendan Rojers kabi mutaxassislar ham asosiy da'vogarlar sifatida ko'rilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN