Anchelotti - Kumanning "Barselona"dan iste'foga chiqarilgani haqida: "Bu ishimizning bir qismi"

Alisher
28 okt 2021, 15:40
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'z hamkasbi Ronald Kumanning "Barselona"dan iste'foga chiqarilgani haqida gapirdi.

"Bu ishimizning bir qismi. Bu men bilan bir necha bor sodir bo'lgan. Ronald qo'lidan kelgan barcha narsani qildi, ammo olg'a harakat qilish kerak", - deydi Anchelotti.

Kataloniya klubi kecha 58 yoshli murabbiyning iste'fosini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" La Ligada 11 turdan so'ng 15 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Madrid Xtra