Anchelotti Isko haqida: “Bu yolg'on”

Eldor Akmurzayev
19 noya 2020, 20:13
Avvalroq, “Everton” “Real” a'zosi Iskoni 20 mln evroga sotib olishni rejalashtirayotgani haqidagi xabar berilgandi.

Biroq, mersisaydliklar ustozi Karlo Anchelotti buni rad etdi.

“Iskoni jamoamga chaqirganim yolg'on. Qishki transfer oynasidagi maqsadlarimizni hali aniqlashtirganimizcha yo'q. Barcha mish-mishlar g'irt bemanilik”, deydi Anchelotti.

Avvalroq, Isko madridliklar murabbiyi Zinedin Zidan roziligiga ko'ra transferga qo'yilgani aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Liverpool Echo