Anchelotti: "Ibragimovich shunchaki lazzatlanish uchun ham Liverpulga kelishi mumkin"

Mirjalol Normatov
23 dek 2019, 21:55
"Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin vaqtlar ichida "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etadigan Zlatan Ibragimovichning ehtimoliy transferi borasida gapirdi.

"Zlatan - mening ajoyib do'stim. Qo'l ostimda ko'plab fantastik futbolchilar faoliyat olib borgan. U yaqin vaqtlarda Qo'shma Shtatlarni tark etishini bilaman, biroq uning rejalari borasida hech qanday tasavvurga ega emasman. Unga ko'ng'iroq qilib ko'rishim kerak. U futbol o'ynamasdan, hayotdan lazzat olish uchun ham Liverpulga kelishi mumkin", - dedi Anchelotti.

Ibragimovichga "Milan" ham davogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal