Anchelotti nima uchun Gyulerni maydonga kam tushirayotgani haqida ochiq aytdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 apr 2025
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga doirasida "Xetafe"ga qarshi bahsdan (1:0) keyin jamoa yarim himoyachisi Arda Gyulerning o'yin vaqti haqidagi savolga javob berdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

Gyulerga joriy mavsum ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun nima yetishmadi? Hamma gap tizimda. Agar biz 4-4-2 taktik sxemasida o'ynasak, u tayanchda o'ynamaydi va egallashi mumkin bo'lgan yagona nuqta bu qanot – bu o'ng qanot degani.

Biroq biz 4-4-3 sxemasida harakat qilsak, u insayd rolida foydali bo'lishi mumkin.

U ko'p mehnat qiladi. Hozircha unga yakkakurashlarda kuch yetishmayapti. Ammo uning ko'plab boshqa sifatlari mavjud. Bunday deyishimga u urgan gol emas, Arda o'yinni olib borishi sabab.

Bu biroz g'alati tuyular, lekin kelajakda u 4-3-3 sxemasida tayanch yarim himoyachisi rolida harakat qilishi mumkin. Uning o'yinni tashkil qilish imkoniyatlari shunchaki ajoyib darajada.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: as.com