

"Menda Chempionlar ligasida to'rtinchi marotaba g'olib bo'lish istagi bor. Bu safar turnir ko'plab sabablar tufayli juda qiyin bo'ladi. Yirik ingliz klublari poygaga qaytishmoqda - "Chelsi", "Manchester Yunayted". "Barselona" va "Bavariya" avvalgi darajaga qaytish maqsadida. "Yuventus" qo'ldan boy berilgan finallardan so'ng turnir g'olibiga aylanmoqchi. "Real" esa Chempionlar ligasida ketma-ket uchinchi marotaba g'olib chiqish niyatida.
Bu jamoalar va PSJning minimum maqsadi - yarim final. Ularning barchasi kuchli to'rtlikda bo'lmoqchi. Chempionlar ligasida hali bunday raqobat bo'lmagan" - deydi Anchelotti.

