Anchelotti "Bavariya"ga o'zi bilan birga "Derbi Kaunti" ustozi Klementni olib ketmoqchi
Aslanov Jasurbek
8 fev 2016, 13:14
"Bavariya"ning bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'zining murabbiylar shtabiga Pol Klementni qo'shmoqchi.
Klement ayni damda Chempionshipda ishtirok etuvchi "Derbi Kaunti"ni boshqaradi. Pol so'nggi yillarda doimo Anchelotti tarkibida ishlagan. Klement "Real"da italiyalik mutaxassisning yordamchisi bo'lgan.