Anchelotti: "Bavariya" hozir Yevropa jamoalari orasida eng yaxshi o'yin ko'rsatyapti"

Tolibjon Qosimov
18 fev 2014, 18:54
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Bavariya"ni Chempionlar Ligasi g'olibligiga asosiy da'vogar deb hisoblashini aytib o'tdi.
"Bavariya" hozir Yevropada eng yaxshi o'yin namoyish qilayotgan jamoadir. Myunxenliklar ajoyib jamoaviy o'yin ko'rsatmoqdalar. Aynan ushbu jamoa turnirning haqiqiy favoriti hisoblanadi. Bunga asosiy uchta sabab bor: birinchidan, bu Chempionlar Ligasini yutishni biladigan va bu turnirni yutishni biladigan murabbiy qo'li ostidagi juda kuchli jamoa; ikkinchidan, ular - amaldagi chempion, bu ham muhim; uchinchidan esa, "Bavariya" Bundesligadagi chempionligini deyarli naqd qilib qo'ydi va endi bor kuchni Chempionlar Ligasiga sarf etadi", dedi Anchelotti.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru