Ana xolos! David De Xea ispan klubini sotib olmoqchi

Alisher
4 okt 2019, 11:26
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea futbol klubi xo'jayiniga aylanishi mumkin.

Ispaniya terma jamoasi posboni Ispaniyaning "Elche" klubini xarid qilmoqchi. 

U aynan "Elche"ning muxlisi hisoblanadi. Bitim narxi 18 million evroni tashkil qilishi mumkin.

28 yoshli De Xea "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u MYUda 2011 yildan beri o'ynab kelmoqda.

"Elche" hozirda Ispaniyaning mavqei jihatdan ikkinchi o'rinda turadigan divizionida ishtirok etmoqda.

Jamoa oxirgi marta La Ligada 2014/15 yilgi mavsumda o'ynagan, ammo klub ko'p millionlik qarzlari tufayli musobaqadan chetlatilgan edi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: superdeporte.es