Amrabatga endi "Atletiko" ham qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
19 dek 2022, 16:16
Qatardagi Jahon chempionatidan keyin eng ko'p qiziqishlarga sabab bo'lgan o'yinchilardan biri Sofyan Amrabat bo'ldi.

Marokash terma jamoasi bilan tarixiy natijani qayd etgan yarim himoyachiga bir qator Yevropaning ko'zga ko'ringan klublari da'vogarlik qilayotgan edi. Endi ular safiga Ispaniyaning "Atletiko" klubi qo'shildi. 

Amrabatning hozirgi jamoasi "Fiorentina" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida nihoyasiga etadi. Florenciyada 26 yoshli futbolchi uchun 60 mln evro narx belgilab qo'yildi. Agar biror klub ushbu talabni bajarishga qodirligini bildirsa, afrikalik futbolchi yanvar oyida boshqa jamoa libosini kiyishi mumkin. 

Sofyan Amrabatga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirayotgani ma'lum qilingandi. U terma jamoasi tarkibida mundialda barcha 7 ta o'yinda maydonga tushdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Footmercato