Amorim "Ipsvich"ga qarshi o'yinda MYUni boshqaradimi?

Mirjalol Normatov
15 noya 2024
"Manchester Yunayted"dagilar Ruben Amorim yaqin vaqtlar ichida ishga kirishishiga ishonishmoqda.

Portugaliyalik murabbiyning ishga kirishishi qiyin bo'lmoqda. Bunga uning ish vizasi hali ham tasdiqlanmagani sabab qilib ko'rsatilgan.

"ESPN" ma'lumotiga ko'ra, "Yunayted"dagilar 24 noyabr kuni "Ipsvich"ga qarshi o'yinda Amorimning jamoani boshqarishiga ishonishmoqda. Klubdagi manbaning ma'lumotlariga qaraganda, vizani qabul qilish jarayoni yaxshi ketmoqda.

Amorimning rasmiy tanishtiruv matbuot anjumani o'tkazilmaydi. Uning klubdagi debyut anjumani ilk o'yinidan oldin o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN