Amet Memet: "Hisob yirik bo'lishi ham mumkin edi"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2013
"Neftchi" - "Qizilqum" (2:0) uchrashuvidan so'ng maydon egalari ustozi Amet Memet o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Raqibimiz musobaqa autsayder edi. O'yindan oldin men yigitlarga bo'shashmaslikni uqtirgandim. Ammo baribir futbolchilar baribir o'zlarini yig'ib olishmadi. Oddiy hollarda to'p yo'qotishlar ko'p kuzatildi".

"Ikkinchi bo'limda hisobni yanada yiriklashtirishimiz mumkin edi, ammo men kam maydonga tushayotgan futbolchilarga imkon berishga qaror qildim. Sababi 2:0 hisobi bizni qoniqtirar edi. Muxlislar yirik g'alabani xohlashadi. Ammo klub keyingi o'yinlarni ham o'ylash kerak, deylik bugun 5:0 hisobida g'olib chiqdik, ammo yoshlarga imkon bermadik. Bitta tarkib bilan butun mavsumni o'tkazib bo'lmasligini ham tushunish kerak".

"Nosir Otaqo'ziev o'tgan o'yinda maydonga tushib gol urdi, ayni paytda u yaxshi formada. Agar bugun tushganida balki yana gol urishi mumkin edi, buni inkor qilmayman. Biroq men o'yin amaliyotisiz qolib ketmasligi uchun yosh Otabek Isroilovga imkon berishga qaror qildim Barcha ko'rdi, Isroilov o'yinda gol urishga intildi, biroz omad yetishmadi holos".

"Menimcha oliy ligada qolish uchun "Qizilqum", "Sho'rtan" va "Guliston" klublari oxirigacha kurash olib borishadi".


Islombek Rustambekov yozib oldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia