Amerika Kubogi yakunlanmaguncha "Barselona" Messi borasidagi ma'lumotni e'lon qila olmaydi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2021, 17:45
"Barselona" forvard Leo Messi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Leoning otasi va agenti "Barselona"ning moliyaviy holatiga va ularning taklifiga rozilik bergan. Qayd etilishicha, klubdagilar Amerika kubogi startiga qadar buni hal qilmoqchi bo'lgandi. Ammo bunga tomonlar erisha olishgani yo'q. Endi Messi Amerika kubogi yakunlanib, klub ixtiyoriga qaytganidan keyingina shartnomaga imzo chekadi.

Uning klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. O'tgan mavsumda 34 yoshli forvard LaLiganing 35 o'yinida 30 gol va 9 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo