Alves "Barselona" o'rinbosarlari tarkibida mashg'ulot o'tkazmoqda

Sherzod Nurmatov
29 okt 2022, 12:25
Dani Alves Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga hozirlik ko'rishda davom etmoqda.

"Barselona" rasmiy sayti xabariga ko'ra, futbol tarixidagi eng sovrindor futbolchi Meksika chempionatida mavsum yakunlanganidan keyin "ko'k-anorranglilar" o'rinbosarlari jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmoqda. Dani "UNAM Pumas" jamoasi futbolchisi bo'lib, joriy mavsumni 1 oktyabr kuni yakunlagandi.

Mish-mishlarga ko'ra, Braziliya terma jamoasi murabbiylar shtabi faxriy o'yinchini Qatardagi mundial uchun ro'yxatga kiritishni rejalashtirmayapti. 

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Braziliya "G" guruhida Serbiya, Shveytsariya va Kamerun bilan bellashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbarcelona.com