Alvaro Morata: "Real"da menga ishonishmagan"

Aslanov Jasurbek
30 sen 2014
"Yuventus" hujumchisi Alvaro Morata "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi 2-tur uchrashuvidan oldin uning jamoasi qarshisida qiyin bahs kutib turganini ta'kidladi.

"Mening "Real"dan ko'chib o'tishim qiyin vaziyat. Men jamoaga kerakli bo'lishni, murabbiy menga ishonishini xohlagandim. Ammo Madridda mening joyimda besh yoki olti futbolchi o'ynardi. Hozir "Yuventus"daligimdan xursandman, chunki bu jamoa Yevropaning eng kuchli klublaridan biri. "Atletiko"ga qarshi o'yin juda qiyin bo'lishi aniq. Iloji boricha ko'proq gol urishga harakat qilamiz" - deydi Morata.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru