Alonso: "Sarrining o'zgacha o'yin uslubi bor"

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018, 14:52
"Chelsi" futbolchisi Markos Alonso yangi bosh murabbiy Mauricio Sarri bilan ishlashi borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Hozircha barchasi yaxshi ketmoqda. Unda o'zgacha o'yin uslubi bor deb o'ylayman. Undan ko'p narsani o'rganyapmiz, hujumga tez o'tishga intilyapmiz. Shu orqali Angliya superkubogi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bahsga tayyorgarlikni olib boryapmiz.

Sarriga yuqori pressing, to'pni nazorat qilish yoqadi. Uning o'yin uslubi ispanlarnikiga o'xshaydi", - dedi Alonso.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC