Alonso: "Real" bilan o'ynash qiziqarli bo'lardi"

2 fev 2015, 23:52
"Bavariya" yarim himoyachisi Xabi Alonso yana bir bor Yevropa chempionlar ligasida zafar quchishni istayotganligini aytib o'tdi.

"Men ko'proq Yevropa chempionlar ligasi haqida bosh qotirmoqdaman. Aynan shu yirik musobaqada yana bir bor zafar quchishni istardim. "Real" bilan to'qnash kelsak qiziq bo'lardi. Men uchun ular bilan bo'ladigan bahs principial o'rin tutadi. Ammo hozirgi raqibimiz "Shaxtyor" hisoblanadi va biz aynan shu jamoa bilan bo'ladigan uchrashuv haqida o'ylashimiz zarur. Ular ham ancha kuchli va yaxshi futbol ko'rsatadigan jamoa sifatida shakllanishgan", - deydi Alonso. 


Manba: euro-football.ru