Alonso mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
11 dek 2025, 07:37
"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizda afsuslanadigan hech narsa yo'q. Biz oxirigacha kurashdik, yaxshi boshladik va oldinga chiqdik... Ular burchak zarbasi va penaltidan keyin 10 daqiqa ichida oldinga chiqib olishdi. Qiyin va teng kurashlar ostida o'tgan o'yin bo'ldi. Biz gol o'tkazib yuborilgan vaziyatlarda kerakli darajada to'g'ri o'ynamadik, biroq goldan so'ng jamoa harakat qilishda davom etdi. Barcha ko'tarilishlar va pasayishlarga qaramay, biz oxirigacha kurashdik. Bizda imkoniyatlar bor edi, gol urish uchun biroz aniqlik yetishmadi... lekin men yigitlarni hech narsada ayblay olmayman", - dedi Alonso.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com