Allegri "Yuventus"ning ushbu mavsumdagi maqsadini aytdi

Mirjalol Normatov
20 mar 2022, 11:31
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa YCHLdan chiqib ketganidan keyin mavsumning qolgan qismidagi maqsadlari haqida gapirdi.

"Klub bosh direktori Mauricio Arrivabene aytganidek, biz Italiya Kubogini qo'lga kiritishimiz va A Seriyada kuchli to'rtlikda bo'lishimiz kerak. Biz mavsum davomida ko'plab qiyinchiliklar uchun tovon to'lab bo'ldik, endi o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarib olishga harakat qilyapmiz.

"Inter" bilan 3-o'rin uchun kurashishda 3 aprel kungi o'yin muhim ahamiyatga ega. Ha, skudetto uchun kurashmayapmiz, ammo yanvardan buyon yaxshi jarayonga tushib oldik va shu sababli qadam va qadam o'yinimizni yaxshilab boryapmiz", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal