Allegri "Yuventus"ni "Manchester Yunayted" futbolchisi bilan kuchaytirmoqchi

Оқил Абдубарноев
28 dek 2022, 22:05
Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoani Angliya Premer-ligasida to'p tepadigan futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.

Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik mutaxassis jamoa himoyasining o'ng qanotini "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot bilan kuchaytirmoqchi.

Biroq transferning amalga oshishi qiyin kechadi. Sababi portugaliyalik futbolchi hozirda "Old Trafford"da baxtli va uning ketish niyati yo'q. "Manchester Yunayted" yaqinda Dalotning shartnomasida avtomatik yangilanish variantini faollashtirib, futbolchining jamoada qolish muddatini 2024 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Shunga qaramay, klub Diogu bilan uzoqroq muddatga mo'ljallangan shartnomani qayta imzolamoqchi.

Dalotga Italiyaga begona emas, futbolchi “Milan”da ijara asosida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport