

Manbaga ko'ra, Pirloning ketishi borasidagi qaror qabul qilib bo'lingan. Murabbiy jamoa bilan A Seriyada kuchli to'rtlikka kirib, YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa ham mavsum oxirida ketadi.
Allegri 2 yil oldin turinliklarni boshqargan va lavozimini tark etganidan beri ishsiz hisoblanadi.
Agar “Yuve” Italiya chempionati 34-turidan o'rin “Udineze”ga qarshi o'yinda yutqazsa, Pirlo mazkur bahsdan keyin iste'foga chiqariladi. Uning o'rnini esa vaqtinchalik Igor Tudor egallaydi.
Qayd etish joiz, “keksa senora” sport direktori Fabio Paratichi Pirlo “Yuventus”ni Chempionlar Ligasiga olib chiqsa, u jamoada murabbiy bo'lib qolishini aytgandi



