Allegri "Yuve" boshqaruvida 69 foiz o'yinlarda g'alabaga erishmoqda

Mirjalol Normatov
16 yanv 2022, 10:55
"Yuventus" kecha A Seriyada "Udineze"ni mag'lub etdi.

Massimiliano Allegri Turin klubi bosh murabbiyi sifatida 300-o'yinini o'tkazdi. Jamoa shularning 208tasida g'alabaga erishgan.

"Yuve" bilan 300ta o'yin o'tkazgan murabbiylar orasida Allegrining natijasi eng yaxshisi hisoblanadi. U Jovanni Trapattoni hamda Marchelo Lippini ortda qoldirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Opta