Allegri va Tuxel "Chelsi"ni qabul qilib olishga tayyor

Alisher
21 yanv 2021
Massimiliano Allegri va Tomas Tuxel "Chelsi"dagi ishga qiziqish bildirmoqda.

Jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Frenk Lempard Premer-ligada muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab iste'foga chiqarilishga yaqin.

"Aristokratlar" Angliya chempionatida 19 turdan so'ng 29 ochko jamg'argan holda, jadvalda 8-o'rinda borishmoqda.

Tuxelning so'nggi klubi PSJ bo'lgan edi. Allegri esa so'nggi bor Turinning "Yuventus" klubini boshqargan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports