Allegri "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
3 apr 2018, 01:26
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Real"ga qarshi chorak final uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz Chempionlar ligasining favoritiga qarshi o'ynaymiz. Ular ustidan qozonilgan g'alaba katta natija bo'ladi. Bu biz uchun ajoyib oqshom bo'ladi. Muxlislarimiz esa so'nggi uch yilda ikki marotaba YCHL finaliga chiqqan jamoalari bilan faxrlanishlari kerak. Biz ularning qo'llab-quvvatlashlariga muxtojmiz. Men Kardiffdagi finalni bir necha marotaba ko'rib chiqdim. O'tgan mavsum bilan solishtirganda biz qiyin vaziyatlardan chiqib ketish borasida o'sishga erishdik", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA