

Mavsum yakunida Tomas Tuxel PSJ bosh murabbiyligidan ketishi kutilmoqda. Uning o'rniga katta ehtimol bilan Massimiliano Allegri olib kelinadi. Italiyalik mutaxassisning xizmatlariga shaxsan PSJ sport direktori Leonardo qiziqish bildirmoqda.
52 yoshli Allegri “Yuventus”ni tark etganidan so'ng dam olishini e'lon qilgandi.



