Allegri: "Mavsum boshida bo'lganimizda bu o'yinni boy bergan bo'lardik"

Mirjalol Normatov
17 apr 2022, 16:14
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya doirasida "Bolonya"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

Qayd etish kerak, turinliklar 90+5-daqiqada Dushan Vlaxovichning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

"Vazifa qiyinlashgan paytda hisobni tenglashtirdik. Birinchi bo'limni juda bo'sh o'tkazgan bo'lsak-da, yaxshi vaziyatlar yuzaga keltirdik. 0:1dan keyin bir marta to'sinni poyladik, ko'p bora darvozaga zarba berdik.

Agarda mavsumning boshida bo'lganimizda bu o'yinni boy bergan bo'lardik", - dedi Allegri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal