Allegri ikki himoyachining safdan chiqqanini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2022, 23:54
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Udineze"ga qarshi o'yin oldidan yo'qotishlar borasida gapirdi.

"Ertangi o'yin tarkibida o'zgarishlar bo'lishi aniq. Chunki ikki kun oldin 120 daqiqali o'yin o'tkazdik. Baxtni qarangki, futbolchilar o'zini yaxshi his qilmoqda. Danilo va Bonuchchi kichik jarohat orttirib olgan. Ularning mushaklari biroz dam olishi kerak", - dedi Allegri.

"Yuventus" - "Udineze" bahsi shanba tunida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal