Allegri: "Ikardining "Yuventus"ga o'tishi? Transferlar bilan men shug'ullanmayman"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019, 16:23
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Inter"ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardining Turin klubiga o'tishi borasidagi ma'lumotga fikr bildirdi.

"Transfer bozori haqida hech narsa bilmayman. Yozda sohilda dam olishni yaxshi ko'raman! Transferlar bilan klub shug'ullanadi.

Ikardi - gollar ura oladigan hujumchi, ammo uning o'yiniga Luchano Spalletti baho bersin, Mauroni u shug'ullantiradi" - deydi Allegri.

Yo'g'e?! "Inter" Ikardini 80 mln. evroga sotib yubormoqchi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com