Allegri Chempionlar ligasida kim favorit ekanligini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
11 okt 2017, 21:40
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegrining aytishicha, Real bu yil ham Yevropa chempionlar ligasi g'olibligi uchun asosiy da'vogar.

"Real" - birinchi raqamli favorit. Ular boshida ochko yo'qotdilar. Lekin, o'zlariga kelishmoqda. Dortmundda bo'lib o'tgan o'yinda ular o'z imkoniyatlarining 70 foizidan foydalana oldilar va g'alaba qozondilar.

"Barselona"da esa Leo Messi bor. U o'yin taqdirini hal qilib yuboradi. PSJ haqida esa hozircha biror nima deya olmayman. Lekin, ularda Neymar, Mbappe, Kavani, Alves kabi futbolchilar bor. Ko'ramiz, mart oyida jamoalar qanday holatda bo'larkinlar", - deydi Allegri.

Eslatib o'tamiz, turinliklar o'tgan mavsumdagi YCHL finalida aynan madridliklarga imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football-espana.net