Allegri Barselona ustoziga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 fev 2017, 09:47
Italiya matbuoti xabariga ko'ra Barselona Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegriga qiziqib qoldi.

49 yoshli murabbiy Leonardo Bonuchchi bilan nizo tufayli Turin klubini tark etishi haqidagi xabarlar paydo bo'ldi.

Barselona sport direktori Ariedo Brayda Allegri bilan birga Milanda ishlagan. Aynan uning fikricha Massimiliano Luis Enrikening o'rnini bosishi mumkin ekan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Allegri Arsenalga o'tishi haqida xabarlar chiqqandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: CalcioMercato.com