Allegri "Arsenal"ni boshqarishi mumkin

10 may 2021, 19:30
"Yuventus" va "Milan" sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Yevropa OAVlari Allegrini "Arsenal" bilan bog'lashmoqda. Shu bilan birga murabbiy ingliz tilini o'rganayotgani haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" ayni damda APL jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi va kelasi mavsum evrokuboklarda ishtirok etmasligi mumkin.

O'xshash yangiliklar