

28 yoshli forvard mashg'ulotlar uchun Dortmundning "Borussiya"si ixtiyoriga qaytdi.
"Sebastyan "Borussiya" Dortmundga qaytganidan va jamoaga qo'shila olishidan juda xursandmiz. So'nggi bir necha hafta juda ijobiy o'tdi. Sebastyan buning uchun telbalarcha kurashdi.
U nihoyatda xush kayfiyatda va maydonga qaytishni xohlaydi. Biz unga bu yo'lda hamrohlik qilishda davom etamiz", – dedi "Borussiya" sport direktori Sebastyan Kel.
Iyul oyida Allega saraton tashxisi qo'yilgan. Hujumchi kimyoterapiya kursidan o'tdi va ikki marta jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi.



