Alkantara sobiq jamoasiga qaytmoqchi

Mirjalol Normatov
20 iyul 2018
"Bavariya" yarim himoyachisi Tyago Alkantara rahbariyatga o'zini "Barselona"ga qo'yib yuborishlarini so'radi.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda. Ayni damda Germaniya bundesligasining amaldagi chempionlari ispaniyalikni sotish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Tyagoning o'zi "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoa tarkibida 2008-2013 yillarda harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS