Alisson: "Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri"

13 okt 2019, 20:45
"Liverpul" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga qarshi munosabati haqida fikrlari bilan bo'lishdi.

– Messiga qarshi o'ynash nimaga o'xshaydi?

– Messi – futbol tarixida eng yaxshi futbolchilardan biri. Unga qarshi o'ynaganim uchun bu gapni aytayotganim yo'q. "Barselona" va Argentinaning ikkisi ham yuqori darajali futbolchilarga ega yaxshi jamoa. Baxtimga, oxirgi 3 o'yinda Leoni mag'lub eta oldim. Lekin, buning uchun o'ynagan jamoalarim "Roma", "Liverpul" va Braziliyaga rahmat aytaman", – deydi Alisson.

O'xshash yangiliklar


Manba: mundodeportivo.com